Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Angren şahriga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

«Toşkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, maşinasozlik va metallni qayta işlaş kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxşi rivojlangan. 

Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 13 apreldagi farmoniga muvofiq taşkil etilgan “Angren” maxsus industrial zonasi bu boradagi salohiyatdan töla foydalaniş, yuqori texnologiyali yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etişda muhim omil böldi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 oktabrdagi farmoniga muvofiq uşbu hudud «Angren» erkin iqtisodiy zonasi, deb ataldi, imkoniyatlari va imtiyozlari kengaytirildi», deyilgan xabarda. 

Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 20 sentabr kuni Angren şahriga taşrif buyurib, uşbu zonada amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, yirik investitsiya loyihalari bilan tanişgan edi. 

Ulardan biri konveyer lentalari, qişloq xöjaligi texnikasi va avtomobil şinalari işlab çiqariş loyihasidir. Loyihaga köra yiliga 100 ming pogon metr konveyer lentasi, 200 mingta qişloq xöjaligi texnikasi şinasi, 3 million dona avtomobil şinasi işlab çiqariş rejalaştirilgan. 

Prezident mazkur loyiha ijrosining borişi bilan tanişdi. 

Konveyyer lentasi va şinalar sanoat, qişloq xöjaligi, umuman, odamlar hayoti uçun eng zarur mahsulotlardan hisoblanadi. Ular xorijdan olib kelinmoqda. Bu tovarlarni mamlakatimizda işlab çiqariş import örnini töldiriş, valyuta mablağlarini tejaş, şu bilan birga, eksportdan foyda topiş imkonini beradi. 

«Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uçun juda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda jahon standartlariga mos, yuqori sifat va keng nomenklaturadagi mahsulotlar işlab çiqariladi. Odamlar barqaror daromad manbaiga ega böladi, hayotdan rozi bölib yaşaydi», degan prezident. 

Zavod işga tuşgaç 1 ming 200 ga yaqin kişi iş bilan ta'minlanadi. Yoşlar zamonaviy texnologiyalarni egallab, malakali kadr bölib şakllanadi. Hozirgaça 68 mutaxassis Xitoyda malaka oşirib qaytdi. 

Davlat rahbari korxona uçun mutaxassislarni aniq, manzilli asosda tayyorlaş, xomaşyoni mahalliylaştiriş böyiça körsatmalar berdi. Xitoyning "Poli teknoloji" kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytiriş, xususan, yangi imkoniyatlarni kaşf etiş, işlab çiqariş va qayta işlaşni çuqurlaştiriş böyiça "Özkimyosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi bilan 10 yillik strategiya işlab çiqiş zarurligini ta'kidladi.