Jizzax viloyatining Ş.Raşidov tumanida davlat va jamoat arbobi, yozuvçi, adib Şarof Raşidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan «Xalqimizning otaş qalb farzandi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bölib ötdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirga viloyat hokimi Uluğbek Uzoqov hamda Şarof Raşidovning katta farzandi, kimyogar olima, Özbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi Sayyora Raşidova hamda uning yaqin qarindoşlari, viloyat va tuman jamoatçiligi vakillari taklif etildi.



Tadbir avvalida Şarof Raşidov tumani hokimligi binosi oldida tantanali ravişda Şarof Raşidov byustining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbir qatnaşçilari buyuk adib yodgorligiga özlarining çeksiz hurmatlarini namoyiş etişdi va byust poyiga gullar qöyişdi.
Şundan söng tuman hokimligi katta majlislar zalida Ma'naviyat tarğibot markazi taşabbusi bilan qator taniqli yozuvçi ijodkorlar iştirokida ilmiy amaliy konferensiya bölib ötdi.











