AQŞ prezidenti Donald Tramp matbuot kotibi Şon Spayser iste'foga çiqdi, deb yozmoqda The New York Times manbasiga asoslangan holda.
Spayserning işdan ketişiga tadbirkor Entoni Skaramuççining Oq uy kommunikatsiyalar böyiça direktori lavozimiga tayinlangani bölgan, deb yozadi gazeta. Tramp Spayserga işni davom ettirişni taklif qilgan, biroq u Skaramuççining tayinlanişini katta xato sifatida baholab, işdan ketişga qaror qilgan.
Entoni Skaramuççining Spayser va Tramp ma'muriyati rahbari Rayns Pribus bilan ham munosabatlari havas qilarli emas, deb yozadi The Washington Post gazetasi.
Skaramuççi CNN telekanali körsatuvlaridan birining qahramoni bölgan edi. Körsatuvda uning Rossiya bevosita investitsiyalar jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyev bilan uçraşuvi haqida söz borgandi. Telekanal saytidan maqola öçirib taşlangaç, uning mualliflari va muharrirlari işdan ketgandi.
Şon Spayser esa, matbuot kotibi sifatida işni boşlaganidan buyon jurnalistlar bilan kelişa olmagan.












