Ertalab uyqudan uyğoniş qançalik murakkab ekanini har bir inson biladi. Budilnik (uyğotadigan soat)ni “yana beş daqiqaga” ötkazişni köpçilik amalga oşiradi.
Nima uçun budilnikdagi vaqtni uzaytiramiz
Tana biz uyğongunimizga bir soat qolganda tabiiy ravişda uyğonişga tayyorgarlik köradi. Asta-sekin harorat kötariladi, kortizol işlab çiqariladi. Agarda har kuni turli soatlarda budilnik böyiça uyğonsak, organizm turişga tayyor böla olmasligi mumkin.
Budilnik bizni çuqur uyqu holatidan, tana harorati past bölgan paytda “çiqarib oladi”.

Aynan şuning uçun taşqarida sovuq va yomon ekani haqida tasavvur paydo böladi, töşak esa – dunyodagi eng iliq va qulay joy bölib körinadi.
Karavotni tark etmaslik uçun budilnikdagi vaqtni 15–20 daqiqaga, keyin esa yana 10 daqiqaga uzaytiramiz. Natijada tongning özida bir neça marotaba uyğonamiz.
Bu nimaga olib keladi
Yana ozgina uxlab olsak, özimizni yaxşi his etamiz, deb umid qilamiz. Biroq uyqu bosqiçlarida bunday arifmetika iş bermaydi. Soatni yarim soatga uzaytirib, yana uxlab qolib, çuqur uyquda bölamiz. Budilnik esa tayyogarliksiz uyğoniş lozim bölgan paytda işlab ketadi, organizm nima röy berayotganini tuşunmaydi. Endi karavotdan turiş yanada qiyin böladi.

Uyqu inersiyasi mexanizmi işlab ketadi: biroz sekinlaşiş, kuçsizlik va boşda oğriq paydo böladi. Köpçilik buni tonggi oddiy holat sifatida qabul qiladi. Biroq bunday emas va tongni yanada yaxşiroq kayfiyatda qarşi oliş mumkin.
Tongda yaxşi kayfiyat bilan uyğonişni qanday ta'minlaş mumkin
Yengil uyğonib, soatni uzaytirmaslik uçun özingizning içki soatlaringizni sozlang.
Organizm uyğoniş vaqti qaçon ekanini bilsa, unga avvaldan tayyorgarlik köra boşlaydi.

Har kuni bir vaqtda turing (har bir daqiqa ahamiyatga ega). Soatni uzaytirmang, yana 10 daqiqa uxlab olişga harakat qilmang. Esingizda tursin, bu sizga yaxşi kayfiyat bera olmaydi, aksinça, ahvolingizni qiyinlaştirib, uyqu inersiyasini çaqiradi.













