Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga safari vaqtida bir qator amaldorlarni işdan böşatdi.

Töytepa şahrida joylaşgan Toşkent viloyati hokimligi binosida Şavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari bilan ötkazilgan yiğilişda davlat rahbari tumanlarda kommunal sohalardagi muammolar töplanib qolganiga e'tibor qaratdi.

«Kun.uz» manbasi xabar qilişiça, Angren va Ohangaron hokimlari Ibrohim Rahmonov va Rustam Ubaydullayev lavozimini tark etdi.

Markaziy bankning Toşkent viloyati boş boşqarmasi rahbari Baxtiyor Otamurodov va viloyat örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi rahbari Botir Ahmedov ham işdan ketgan.

Şuningdek, prezident davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi viloyat bölimi rahbarini, Örta Çirçiq va Pskent tumanlarida prokurorlar va IIB boşliqlarini lavozimdan ozod etgan.

Amaldorlar beparvoligi, mas'uliyatsizligi va işga sovuqqonlik bilan qaraşi sabab işdan böşatildi.