Davlat rahbari Parkent tumani Guliston mahallasida yaşovçi Aminjon ota Muhammadjonovning boğida böldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
74 yoşni qarşilagan Aminjon bobo umr yöldoşi Ixtibor momo bilan beş farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Farzandlarining barçasi oliy ma'lumotli. Nuroniylar bugun 14 nevara, 3 evarasi ardoğida.
Aminjon ota farzandlari bilan "Zuhra ona plyus" xususiy korxonasini taşkil etgan. Mahalladagi qariyb 3 gektar yerda manzarali daraxtlar va butalar ekib, boğ yaratgan.
Şavkat Mirziyoyev boğni kirib kördi. Şunday ajoyib boğ yaratgani, xorijdan köçatlar olib kelib, yurtimiz şaroitida köpaytirayotgani uçun Aminjon boboga minnatdorlik bildirdi.
Odamning qöli gul degani mana şu, dedi davlat rahbari. Bu boğ Vatanni sevişning, mehnatsevarlikning yaqqol namunasi. Otaxonning tajribasini örganiş, odamlarga ibrat qilib körsatiş kerak. Bu kişi qişloq xöjaligi sohasidagi ta'lim muassasalarida dars bersin, odamlar kelib bu işlarni örgansin.
Prezident boğda mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlaşdi.
Davlat siyosatining mazmun-mohiyati, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar natijasi, Toşkent viloyatini har tomonlama rivojlantirişga qaratilgan rejalar haqida söz yuritildi.
Nuroniylar xalq bilan muloqot qilib, inson manfaatlarini ta'minlaşda şaxsan namuna bölayotgani, Toşkent viloyatini rivojlantiriş, odamlar turmuş farovonligini oşirişga qaratayotgan e'tibori uçun Prezidentga minnatdorlik bildirdi.












