Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida olib boriladigan quriliş işlari bilan tanişdi. Uning ma'lum qilişiça, Toşkent viloyati ma'muriy markazi - Töytepa şahri xorijlik arxitektorlar tomonidan quriladi.
«Şu kungaça Toşkent viloyatining ma'muriy markazi yöq edi. Bugun bu işga kirişmasak ertaga keç böladi», — degan Prezident.
Davlat rahbari Töytepa şahrini viloyatning markazi sifatida qayta quriş tadbirlari amalga oşirilayotgani, bu borada xorijdan arxitektorlar taklif qilinganini ta'kidladi.
Prezident loyiha bilan tanişar ekan, Toşkent—Töytepa yöli atrofida zamonaviy uy-joylar quriş, ijtimoiy soha obektlarini zamon talablari darajasida barpo etiş böyiça körsatmalar berdi.
Eslatib ötamiz, yil avvalida Toşkent viloyati ma'muriyati Töytepa şahriga köçib ötgandi.
















