Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkent viloyatiga amalga oşirgan taşrifi doirasida viloyat hududidan ötuvçi Toşkent—Sirdaryo avtomobil yöli böyida qurilişi möljallangan yangi turar joylar, ijtimoiy soha obektlari loyihalari bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Zangiota, Çinoz va Yangiyöl tumanlari hududidan ötuvçi yöl böyida 1, 2, 3, 4 xonali uy-joylar qurilişi va joylaşuvi loyihasi taqdimoti ötkazildi. Loyihalarda uy-joylarning joylaşuv sxemasi, körinişi, dizayni öz aksini topgan.

«Şu kungaça Toşkent viloyatining ma'muriy markazi yöq edi. Bugun bu işga kirişmasak ertaga keç böladi», — dedi Prezident. Davlat rahbari Töytepa şahrini viloyatning markazi sifatida qayta quriş tadbirlari amalga oşirilayotgani, bu borada xorijdan arxitektorlar taklif qilinganini ta'kidladi.

Prezident loyiha bilan tanişar ekan, Toşkent—Töytepa yöli atrofida zamonaviy uy-joylar quriş, ijtimoiy soha obektlarini zamon talablari darajasida barpo etiş böyiça körsatmalar berdi.

Bugun Töytepa katta quriliş maydoniga aylangan. Toşkent viloyatining ma'muriy markaziga aylangan şaharda keng kölamli quriliş işlari olib borilmoqda. Töytepa şahrining boş rejasi taqdimoti ham ötkazildi. Reja böyiça uy-joylar, ma'muriy bino va inşootlar qurilişida binolarning taşqi körinişi va dizayniga alohida e'tibor qaratilgan.

Töytepa şahrida joylaşgan Toşkent viloyati hokimligi binosida Şavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari yiğilişi bölib ötmoqda.