Turkmaniston sud organlari Fathulloh Gulenning (FETÖ) taşkilotiga aloqador 40 ga yaqin kişini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etdi (10 yildan 25 yilgaça). Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Agentlikning mahalliy manbalar ma'lumotiga asosan xabar qilişiça, Turkmanistonning turli tumanlarida iyul oyi davomida Gulenning taşkilotiga aloqador şaxslarning işi böyiça sud eşituvlari bölib ötdi.
Qamalganlarning aksariyati – Gulenning öquv muassasalari bitiruvçilari ekani aytilmoqda. Ularning bir qismi esa tijoriy faoliyat bilan şuğullangan. FETÖ’ning ba'zi a'zolari mol-mulki ham musodara etilgan.
Agentlikning qayd etişiça, Turkmanistonda ötgan yili Gulenning taşkilotiga aloqador 150 insonga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Joriy yilning fevralida ularning 18 nafari qamoq jazosiga hukm qilindi.












