Köpçiligimizga taniş va sevimli bölgan bir özbek filmida yigit sevgan qiziga sevgi izhorini bildira turib, «Men şoir emasman ammo ne qilay, muhabbat qölimga tutqazdi qalam...», deya xitob qiladi. Biroq bunaqa paytda şoirlikka da'vo qilmaydigan har qaysi yigit ham bir urinib köradi şe'r yozişga.
Men ham jurnalist yoki bloger emasman. Oçiğini aytsam, ijtimoiy tarmoqlarda ham unçalik faolmasman. Faqat ma'lumot almaşiş uçun messenjerlardan foydalanib turaman. Biroq bu imlo luğatidagi sözlarni har doim ham öz örnida qöllay olişim uçun yetarli emas. Şu bois, söz birikmalarini yoki sözlarning ketma-ketligini noörin işlatib yuborsam, oldindan uzr sörayman.
Qoğoz «qoralaş»ga (bu ham haqiqiy jurnalistlarning maqolasidan olingan ibora) sabab bölgan mavzu esa bloger Xuşnud Xudoyberdiyevning Oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlarini adolatli va haqqoniyligini ta'minlaşga qaratilgan takliflaridir.
Bloger mavzuga töğri yondaşgan. Darhaqiqat, «Nima qilsa, testlarda butunlay haqqoniylikni ta'minlaş mumkin?». Bu savol bugungi kunga qadar ham bölgan va keyin ham böladi.
Aytaylik, men birinçi marta abituriyentlik darajasiga bundan 17 yil ilgari erişganman. Biroq öşa paytda ham testlarning haqqoniyligi va adolatli ötişi yuzasidan bloger aytganiday «hamma öz dunyoqaraşi, tajribasidan kelib çiqib fikr, taklif aytişga harakat» qilardi. Biroq 2000-yillarda uyali telefon bilan imtihonga kiriş nari tursin, uyali telefoni bor fuqaro abituriyentlik davridan ham ança uzoqda yurardi.
Bu ham bir taklif-da...
Bugungi kunda Oliy öquv yurtiga kiriş imtihonlarining adolatli va haqqoniyligini ta'minlaşni bloger aytganiday birgina islohot bilan yoki Xuşnudga öxşagan jonkuyar blogerlarning takliflari orqali amalga oşiriş murakkab masala. Şuningdek, buni faqat uyali telefonlar bilan boğlaş va yeçimini ham öşa joydan qidiriş töğri emas, deb öylayman. Avvalo, bunga butun bir millat muammosi sifatida qaraşni taklif qilgan bölardim. Sababi 1997 yilda «Kadrlar tayyorlaş milliy Dasturi» qabul qilingan bölişiga qaramay, bizda haliyam kadrlarga bölgan juda katta ehtiyoj mavjud. Hammasi borib öşa imtihonlarning adolatli ötişiga taqalmoqda.
Oliy öquv yurtiga kirişning oson yölini tanlagan abituriyent ertaga öqiş jarayonida ham, işga kirişda va öziga yuklatilgan vazifalarni amalga oşirişda ham tabiiyki, şu yöldan ketişga könikadi va intiladi. Oliy ta'lim tizimidagi öqişni tamomlagan öşa talabaga 4 yildan keyin baribir diplom beriladi. Iş jarayoniga kirib kelgan talabaning qölida ma'lumoti OLIY ekanligini isbotlovçi hujjat öşa diplom hisoblanadi.











