AQŞ Qurolli kuçlari ştablar rahbarlari birlaşgan qömitasining raisi Jozef Danford ma'lum qildiki, Rossiya harbiy salohiyatidan kelib çiqqan holda Vaşington uçun «ulkan xavf» hisoblanadi.
«Biz Rossiya bilan yadroviy superqudratli davlat sifatida qarama-qarşilikka borişimiz kerak emas, ammo unutmaslik kerakki, bu davlat biz uçun ulkan xavf sanaladi»,— degan u Aspeneda xavfsizlik masalalariga bağişlab ötkazilgan konferensiyada. Janob Danford Moskva yadroviy salohiyatga ega ekani hamda kiberkengliklarda harakat qila olişi mumkinligini ta'kidlagan.
U Moskva tomonidan kutiladigan xavf darajasi Eron, Xitoy yoki KXDRdan kutiladigan xavfdan kam emasligiga e'tibor qaratgan.
U bunday tahdidga qarşi turiş uçun NATO bilan hamkorlikni kuçaytiriş, Rossiya bilan harbiy va kiberxavfsizlik sohasida raqobat qiliş zarurligini qöşimça qilib ötgan.












