«PSJ» Amerikaning Orlando şahrida ötgan örtoqlik uçraşuvida «Tottenhem»ga 2:4 hisobida yutqazdi.
Öyinning birinçi bölimida Edinson Kavanining tezkor goliga inglizlar Kristian Eriksen va Erik Dayyerning aniq zarbalari bilan javob qaytardi. Parijliklar havbeki Haver Pastore tanaffus arafasida hisobni tenglaştirdi, ammo öyindagi hal qiluvçi epizod tanaffusdan keyin sodir böldi.
Avvaliga, ikkinçi bölim boşida «PSJ» darvozaboni Kevin Trapp qizil kartoçka oldi. Frantsuzlar bir kişi kam bölib öynaşiga qaramasdan tenglikni saqlab qolayotgandi, ammo «şporlar» öyin oxirida ikki gol urişdi.
82-daqiqada Tobi Alderveyreld «Tottenhem»ni hisobda oldinga olib çiqdi, Harri Keyn esa penaltidan jamoasining törtinçi golini urdi.
International Champions Cup
Orlando, AQŞ
PSJ – Tottenhem 2:4 (2:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 6 Kavani, 1:1 – 11 Eriksen, 1:2 – 18 Dayyer, 2:2 – 36 Pastore, 2:3 – 82 Alderveyreld, 2:4 – 88, penalti Keyn.
PSJ – Trapp, Markinos, Kurzava (Berçiçe, 68), Dani Alves (Nkunku, 68), Kimpembe, Rabo (Matyuidi, 46), Lo Çelso (Berned, 46), Motta (Kallegari, 68), Pastore (Di Mariya, 68), Gonsalu Gedeş (Areolya, 48), Kavani (Xese, 46).
Tottenhem – Loris (Vorm, 46), Devis, Karter-Vikers (Alderveyreld, 46), Vertongen (Vimmer, 46), Uoker-Piters (Tripper, 46), Dayyer (Vanyama, 46), Dembele (Uinks, 60), Nkudu (Alli, 46), Eriksen, Onoma (Oukli-But, 46), Yanssen (Keyn, 46).
Ogohlantirişlar: Xese (59), Alderveyreld (70).
Çetlatiş: Trapp (46).












