Arab davlatlari ligasi Quddusdagi Ibodatxona toğidagi vaziyat tufayli şoşilinç yiğiliş ötkazadi. Bu haqda «Interfaks» xabar tarqatdi.

Xabar qilinişiça, bunday taşabbus Iordaniya tomonidan bildirilgan.

Yiğilişda ligaga a'zo davlatlarning taşqi işlar vazirlari qatnaşadi.

Bundan avvalroq BMT Xavfsizlik kengaşi 24 iyul kuni Quddusdagi vaziyat böyiça navbatdan taşqari yiğiliş ötkazişi ma'lum qilingandi.

Yopiq tartibdagi yiğiliş kengaşning Nyu-York vaqti bilan 10:00 da boşlanadigan ertalabki sessiyasidan söng boşlanadi.

22 iyul, juma kuni Iordan daryosining Ğarbiy qirğoğidagi Xalamiş aholi punktida uç nafar yahudiy öldirildi, bir nafari jarohat oldi.

Ötgan hafta uç jangari Ibodatxona toğida ikki politsiyaçini öldirib ketgani bu hududda xavfsizlik çoralarining kuçaytirilişiga sabab böldi. Jumladan, Ibodatxona toğiga çiqiş uçun metall aniqlovçi romlardan ötiş talab etiladi. Bundan taşqari, ellikka tölmagan musulmonlarga al-Aqsoda namoz öqiş taqiqlandi.