Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyevning ma'lum qilişiça, öz vakolatlari muddati yakuniga yetganidan söng davlat lavozimlarini egallaş böyiça rejalari yöq. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Men heç qanday lavozimni istamasdim, men ozodlikni xuş köruvçi insonman, siyosat bilan şuğullanişga esa majbur bölganman», - dedi u.
Atamboyevning sözlariga köra, biznes bilan muvaffaqiyatli şuğullangan. Qayd etilişiça, bu holat prezident Asqar Akayevning oilasi uni tortib olgunga qadar röy bergan, söng Atamboyev «biznesini arzimagan pulga sotib yuboriş va mablağlarni siyosatga yönaltirişga majbur bölgan». Uning ta'kidlaşiça, «biznes uçun jannat yaratişni istaydi, bunda tadbirkorlar öz biznesini himoya qilib parlamentga borib yurişlari kerak bölmaydi».
Avvalroq Atamboyev Qirğizistonni biznes uçun «eng yaxşi joy» deb atagandi












