«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi Xitoyning Guançjou şahri aeroportiga yangi yuk yönalişini oçiş böyiça iş olib bormoqda.
Aviakompaniya ma'lumotiga köra, ayni damda «Özbekiston havo yöllari» MAK Tijorat Departamentining yuk taşuvlari Boşqarmasi mutaxassislari ma'lumotlar yiğişmoqda hamda Guançjouga amalga oşiriladigan yuk reyslari iqtisodiy samaradorligini baholamoqda.
Şuningdek, yetib boriş manzil aeroportida slotlar oliş masalasi örganib çiqilmoqda, «Özbekiston havo yöllari» MAKning Boing-767-300ER yuk samolyotlari Navoiy şahri aeroporti orqali parvoz qilişi jadvali işlab çiqilmoqda.
Yangi yuk aviaqatnovining oçilişi «Özbekiston havo yöllari» milliy aviataşuvçisiga nafaqat «Navoiy» xalqaro aeroporti parvozlar geografiyasini kengaytiriş, balki Özbekiston va Xitoy örtasidagi biznes-şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

















