
Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtomobilsozlik kompaniyasi Expander nomli seriyali işlab çiqariluvçi minivenini namoyiş qildi. U özida miniven va krossoverga xos jihatlarni mujassamlaştirgan. Yangi model taqdimoti 10 avgust kuni Xalqaro Jakarta avtosalonida bölib ötadi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Maşinaning gabarit ölçamlari 4475*1750*1700 millimetrdir (böyi-eni-balandligi). Yöl bilan kuzov oraliği 205 millimetrga teng.
Mitsubishi Expander XM kontseptining seriyali namunasi hisoblanadi. Kompaniyaning uqdirişiça, model «minivenning ajoyib universalligi va qulayligi, şuningdek, Mitsubishi Motors kompaniyasining SUV toifasidagi maşinalariga xos bölgan texnik xususiyatlar, mustahkamlik va harakatlaniş körsatkiçlariga ega böladi».

Avtomobil uç qator örindiqlarga ega. Unda 7 kişi ötira oladi.
Old ğildiraklari yetakçi bölgan maşina 1,5 litr, 4 silindrli benzinli motor bilan jihozlanadi. Hozirça dvigatel ot kuçi ma'lum qilinmayapti.











