Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 20 iyul kuni “Toşkent viloyatining ma'muriy-hududiy tuzilişini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Davlat rahbarining Toşkent viloyatiga taşrifidan bir kun avval qabul qilingan hujjat viloyatda olib borilayotgan keng kölamli işlarni yanada jadallaştiriş, ayniqsa şaharlardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etiş, viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltiriş, uşbu vazifalarni amalga oşirişda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillaştiriş va ularning mas'uliyatini yanada kuçaytiriş, şuningdek şahar va tumanlar aholisining farovonligini oşiriş va turmuş sifatini yaxşilaşga yönaltirilgan.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toşkent viloyatining Örtaçirçiq tumanidagi Töytepa şahrini viloyat böysunuvidagi şahar turkumiga kiritiş hamda uni Toşkent viloyatining ma'muriy markazi etib belgilaş;
Toşkent viloyatining Ohangaron va Yangiyöl şaharlarini viloyat böysunuvidagi şaharlar turkumiga kiritiş hamda Zangiota tumani hududi çegarasi doirasida Zangiota va Toşkent tumanlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Hujjat bilan Toşkent viloyati hokimining şaharlar infratuzilmasini rivojlantiriş, obodonlaştiriş va kommunal xöjalik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimi joriy etildi.
Şuningdek, Toşkent viloyati hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari kotibiyatiga qöşimça 5 ta ştat birligi ajratildi hamda viloyat hokimligi huzurida 35 ta ştat birligidan iborat bölgan Turizmni rivojlantiriş departamenti taşkil qilinadi.
Toşkent viloyatidagi avval xususiylaştirilgan qurilişi tugallanmagan obektlar va foydalanilmayotgan işlab çiqariş maydonlarini aniqlaş va ulardan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça respublika komissiyasi taşkil etiladi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taşqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti tarkibida 4 ta ştat birligidan iborat Toşkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyöl, Çinoz tumanlari va yangidan taşkil etiladigan Toşkent tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş, qayta işlaş va eksport qiliş masalalari böyiça şö'ba taşkil qilinadi.

















