«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu «Barselona» hujumçisi Neymarga «PSJ»ga ötmaslikni maslahat qildi.
Football Espana naşri xabariga köra, Ronaldu WhatsApp orqali Neymar bilan gaplaşgan va unga «Kamp Nou»da qolişni, faoliyatida orqaga qadam taşlamaslikni maslahat bergan. Qöşimça qilinişiça, portugaliyalik futbolçi raqib jamoa yetakçisiga «Mançester Yunayted»dan taklif kelişini kutişni tavsiya etgan.
Ma'lumki, bu ikki aşaddiy raqib jamoaning ikki futbolçisi özaro döstona munosabatlarga ega hisoblanadi.
Ötgan haftada Neymar jamoasini özgartirmoqçi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Parij klubi uşbu futbolçi uçun 222 mln sarflab, unga katta maoş tayinlaşga (yiliga 30 mln yevro), şuningdek, transferga rozilik berişi uçun katta miqdorda bonus berişga tayyor.












