Rossiyaning "Kultura" telekanali "Özbekiston: qölga kiritilgan topilmalar" hujjatli filmini suratga oliş işlariga kirişdi. Bir soatga möljallangan mazkur hujjatli film Rossiyaning “Kultura” telekanali, ÖzEOVMA va “Karavan-TV” hamkorligida suratga olinadi.
Filmda zamonaviy Özbekistonning bir neça asrlik an'analari va donişmandlarining aql-zakovati bilan hamohang ravişda rivojlanib borayotgani haqida söz boradi. Ular har bir qadamda uçraşib, hamjihatlik va totuvlikda kun keçirmoqda.
Şunday qilib, Toşkent şahrida Islom dinining haqiqiy qadriyatlarini örganuvçi Islom madaniyat markazi, Samarqand şahrida va 1536 yilda qurilgan, ayni paytda ham talabalar ilm olayotgan Mir-Arab madrasasida islom dunyosining olim va ulamolari merosini örganuvçi Xalqaro islom ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etiladi.
Suratda: “Kultura” telekanalining suratga oliş guruhi va ÖzEOVMA Konrad Adenaur nomli Markaziy Osiyo Fondining hududiy vakili (GFR) Tomas Kunts iştirokida intervyuni suratga olmoqda.

“Özbekiston har doim turli dinga va madaniyatga e'tiqod qiluvçi odamlar ahil-inoqlikda yaşaydigan tolerant hudud bölib kelgan. Bunga suratga tuşiriş rejalaştirilgan Samarqand şahrida joylaşgan Doniyol payğambar maqbarasini, Toşkent şahridagi katolik çerkovi va pravoslavlarning Uspenskiy soborini misol keltirişimiz mumkin. Biroq hujjatli filmning asosiy ğoyasi va leytmotivi mamlakatdagi eng boy madaniy va tarixiy meros hisoblangan, Özbekiston olimlari tomonidan örganib kelingan eng qadimiy yodgorliklar yozuvi hisoblanadi. Biz sizga ota-bobolar va muqaddas Islom an'analariga sodiq holda zamon bilan hamnafas ravişda rivojlanib borayotgan Özbekiston va uning xalqi haqida hikoya qilamiz”, dedi film rejissyori Valeriy Belov.
Film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov ÖzEOVMA uçun bu Rossiya telekompaniyalari bilan navbatdagi filmni suratga oliş loyihasi bölganligini ta'kidladi: “Biz ilgari ham maşhur “Masterskaya” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Özbekiston qumliklar durdonasi” va Qoraqalpoğiston haqidagi “Vaqt qumliklari aro” nomli hujjatli filmlarni suratga olganmiz. “Kultura-Rossiya” telekanali bilan qilgan hamkorligimiz Respublikamizning mustaqillik bayrami uçun munosib sovğa böladi, deb umid qilamiz”.
“Özbekiston: qölga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmining suratga oliş işlari Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boşqa şaharlarda bölib ötadi. Şu bilan birga s'yomka jarayonida tabiat manzaralaridan, kino va foto hujjatlardan, muzey artefaktlaridan, şaxsiy arxiv va arxiv kadrlardan foydalaniladi. Filmda maşhur arxitektorlarning, olimlarning, tarixçi va xattotlarning, Özbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvçi aholining intervyulari yangraydi.












