2016 yil 4 dekabr kuni yurtimizda bölib ötgan umumxalq saylovida Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev bugun 60 yoşni qarşiladi.

U 1957 yilning 24 iyulida Jizzax viloyatining Zomin tumanida, şifokor oilasida tuğilgan. 1981 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida boşlab, kiçik ilmiy xodim, katta öqituvçi, dotsent, öquv işlari böyiça prorektor lavozimlarida işladi.

1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning özida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat körsatdi.

1992 yilda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996–2001 yillarda Jizzax viloyati, 2001–2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida işlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirişga katta hissa qöşdi.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995–2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda demokratik islohotlarni amalga oşiriş borasidagi muhim qonun hujjatlarini işlab çiqiş va qabul qiliş jarayonida faol iştirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

Ş.Mirziyoyev 2003 yilda Özbekiston Respublikasining Boş vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan uşbu lavozimga yana uç marta qayta tasdiqlandi.

Ş.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erişgan ilk yillardan boşlab Özbekiston Respublikasining Birinçi prezidenti Islom Karimovning yuksak işonçini qozonib, ayni paytda uning izdoşi va maslakdoşi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

2016 yil 19 oktabr kuni poytaxtimizda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdi bölib ötdi. Unda partiya siyosiy kengaşi a'zosi Ş.Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlaş töğrisidagi qaror qabul qilindi. 2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötgan Prezident saylovi yakunlari böyiça saylovçilarning 88,61 foiz ovozi bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman öz vazifasini bajarişga kirişdi.