Bugun, 24 iyul kuni soat 10:00dan «Özbekiston 24» axborot-tahliliy telekanali efirga çiqdi. Kanal yaqinda yopilgan Diyor kanali çastotalarida faoliyat körsatadi.
Telekanal yangi şakldagi yangiliklar jurnalistikasi formati asosida içki va taşqi siyosatning dolzarb masalalari böyiça butun mamlakat hududi böylab töğridan-töğri 24 soat davomida efirga çiqadi.

Efir Özbekiston davlat madhiyasi bilan boşlandi. Şundan söng özbek, rus va ingliz tillarida jamoa bilan taniştirildi.
Efirning birinçi soati davomida kanal hayotidan lavhalar, taniqli şaxslar, jumladan rossiyalik kardiojarroh Leo Bokeriya, Hindiston va Qozoğiston elçilari, olimlar, jurnalistlar va oddiy tomoşabinlar tabriklari namoyiş etildi.

Uşbu telekanalni oçiş taklifi may oyida mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgandi. Özbekistonning yangi prezidenti bir neça marta jurnalistlarga yangiça işlaş haqida gapirgandi.
Telekanal oçilişi prezident tuğilgan kuni bilan bir kunga töğri keldi.
Yangi telekanalda 251 xodim işlaydi, ularning aksari avval ham MTRK tizimida faoliyat yuritgan. Telekanal xorijda ham muxbirlik örinlari oçişni rejalaştirgan. Rejaga köra, telekanalning 9 davlatda muxbiri böladi.
Bunga qadar MTRKning 9 ta kanalida 56 ta yangiliklar dasturi efirga uzatilgan. Yangi kanalda bir vaqtning özida «Özbekiston 24» va «Özbekiston» kanallarida namoyiş etiluvçi «Axborot» va «Tahlilnoma» axborot-tahliliy dasturlar tayyorlanadi.
















