AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson muddatdan avval iste'foga çiqişi mumkin. Bu haqda CNN telekanali manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Manbalarning sözlariga köra, Tillerson AQŞ prezidenti Donald Trampning mamlakat boş prokurori Jyeff Seşnsga nisbatan oşkora bildirgan fikrlarini noprofessional, deb baholagan.

Telekanalning ta'kidlaşiça, Davlat departamenti rahbari avval ham Tramp bilan bir neça bor mojaroga kirişgan, şuningdek, bu boradagi öz fikrlarini faol tarzda bildirib kelgan.

Avvalroq OAV Nyu-Yorkning sobiq hokimi Rudolf Juliani AQŞ boş prokurori etib tayinlanişi mumkin ekani haqida xabar tarqatgandi.