Bugungi kunda mayning bilan uyda ham şuğullanişmoqda. Biroq, bu turdagi «fermalar»ni konçilik faoliyati bilan boğlaş notöğri böladi. Hi-Tech Mail.Ru butun dunyodagi mayning-fermalar haqida hikoya qiluvçi suratlarni jamladi. Demak, yirik sarmoyalar, sönggi texnika va bitkoin orqali daromad köriş haqida.
Mayning bilan kim şuğullanadi?
Dunyodai taniqli maynerlarni 2 guruhga ajratsa böladi: birinçi guruhga daromad körişni xohlovçilar va ikkinçi guruhga mayning va blokçeyn hayoti mazmuniga aylanganlarni kiritiş mumkin. Birinçi guruhga nafaqat bitkoinlar va efirda (Ethereum blokçeyni valyutasi) daromad qilganlarni, balki şu bilan bir qatorda sarmoyadorlarni faol jalb qilganlarni kiritiş mumkin. Masalan, Genesis Mining «bulutli mayning»da ham pul işlaydi. Ikkinçi guruhdagilar Gvido Rudolfiga öxşaş kişilardir. U haqiqiy bitkoin ustasi böldi. Gvido taşlandiq fabrika binosida mayning-fermani barpo etdi. Endilikda u fermasini barçaga namoyiş etmoqda, ma'ruzalar öqib, seminarlar taşkil etmoqda.
Agar kriptovalyutalar siz uçun noaniq mavzu bölib, «blokçeyn» va «mayning» nimaligiga qiziqsangiz, tezroq örganib olişni tavsiya etamiz. Agar mayning haqida qandaydir axborotni ötkazib yuborgan bölsangiz, bizning körsatmalarimizga rioya qiling.

Tomi kök rangdagi bino Xitoydagi eng yirik bitkoin-fermalardan biridir. U Tibet toğlari bilan çegaradoş Siçuan viloyati toğlarida joylaşgan. Foto: Lyu Sintsze

Kuçli havo aylantiriş tirqişlariga e'tibor bering. Xitoydagi fermalarning öziga xos jihati – xalq homiyligidir. Ular mayningga pul berişadi va söngra jarayonni smartfon orqali uylarida kuzatişadi. Foto: Lyu Sintsze

Fermalardan birining ulkan xonasi va zerikib turgan ikki işçisi. Bu kabi fermalarda mahalliy aholi vakillari işlaydi. Ular umumturarjoylarda yaşaşadi. Foto: Lyu Sintsze






























