Buxoro şahar IIBga, Jondor tumani, Zarafşon köçasi 78-uyda yaşovçi, 1955 yilda tuğilgan nafaqadagi R.Rajabov ariza bilan murojaat qildi, deb xabar qildi Kun.uz’ga Buxoro IIB.
Ma'lum bölişiça, Rajabov Jondor tuman, Zarafşon köçasida öziga tegişli bölgan “Damas” rusumli avtomaşinasida notaniş ayol yölovçi sifatida çiqib, Buxoro şahar Şaftolizor köçasida avtomaşinadan tuşayotgan vaqtida avtomaşina salonining old qismida turgan, avtomaşina egasiga tegişli qora rangli sumkaga solingan jami 1.500.000 söm naqd pullarini unga sezdirmasdan yaşirin ravişda öğirlab, voqea joydan yaşiringanligini bildirgan.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suruştiruv tadbirlari davomida uşbu öğrilik jinoyatini Buxoro tumani, A.Şokirov MFY, Urganjixona qişloğida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1976 yilda tuğilgan Gulçehra Törayeva sodir qilganligi şu kunning özida aniqlandi va G.Törayevadan 1.500.000 söm pullar aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan G.Törayevaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.











