Tinç okeaning Meksika qirğoqlariga yaqin yerda Hillari dovuli paydo böldi. Bu haqda «Fobos» ob-havo markazi xabar qilmoqda.

Dovul ikkinçi turkumga qadar kuçaydi va şimolga qarab harakatlanmoqda. U AQŞ qirğoqlariga xavf uyğotişi mumkinligi aytildi. Xususan, Kaliforniya, Arizona, Nevada va Aydaxo ştatlari dovuldan katta zarar körişi mumkin.

Dovulning içida şamol tezligi soatiga 150 kilometrni taşkil etadi, ba'zi joylarda esa 195 kilometrga qadar kuçaygan. Sönggi ma'lumotlarga köra, Hillari Meksika qirğoqlaridan taxminan 800 kilometrlik masofada, u 3,5 metrlik tölqinlarni keltirib çiqarmoqda.

Ta'kidlanişiça, pörtana dovulga şamol tezligi soatiga 119 kilometrdan oşsa aylanadi.