Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi 508-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi töğrisida yangilangan nizom, şuningdek, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Davlat test markazining (Markaz) asosiy vazifalari belgilandi:
• ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişda test sinovi orqali tanlab olişga oid davlat siyosatini amalga oşiriş;
• ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişda test sinovi natijalarining xolisonaligi, işonçliligi va adolatliligini ta'minlaş;
• test materiallari bankini şakllantiriş, pedagogik ölçov vositalarini takomillaştiriş;
• test sinovlarini taşkil etiş va ötkaziş, uşbu jarayonlarni muvofiqlaştiriş, test materiallarini naşr qiliş, test sinovi natijalarini tahlil qiliş;
• çet tillarini biliş darajasini baholaşning milliy test tizimini rivojlantiriş.
Markaz direktoriga ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişda test sinovlarining sifatli ötkazilişi uçun şaxsiy mas'uliyat yuklanadi. Markaz xodimlarining umumiy çeklangan soni 72 nafargaça qisqartirildi (ilgari – 89 nafar).
Belgilanişiça, Markaz Davlat byudjyeti mablağlari, homiylik mablağlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi. Markaz Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Boğişamol köçasi, 12-uy manzilida joylaştiriladi.












