«Sauthempton» himoyaçisi Virjil van Deyk transfer oynasi yakuniga (31 avgust) qadar baribir «Liverpul»ga ötadi. Bu haqda Sky Sports futbolçilarga yaqin manbaga tayanib xabar berdi.

Oldinroq, «Sauthempton» niderlandiyalik futbolçini mavsumoldi tayyorgarlik uçun Fransiyaga boradigan futbolçilar orasiga kiritmagandi. Bunga uning jamoada töp surişni istamayotgani va özini qöyib yuborişlarini söragani sabab bölgan.

Iyun oyi boşida «Sauthempton» «Liverpul»ning van Deyk bilan ularning ruxsatisiz muzokaralar olib borgani uçun APL rahbariyatiga şikoyat xati bilan çiqqandi. Şundan söng mersisaydliklar «avliyolar»dan uzr söragan va ortiq bu himoyaçiga qiziqmasliklarini bildirgandi.

Endilikda bu transfer mavzusiga yana qaytiladigan körinadi. Van Deykning transferi 70 million yevroga baholanmoqda. Agar transfer amalga oşsa, niderlandiyalik himoyaçi dunyoning eng qimmat himoyaçisiga aylanadi.