Jyeyson Steytem model sifatida iş taklif etişganida öttiz yoşdan oşgandi. U jinsilarni reklama qiliş bilan şuğullandi. Bunga qadar esa u köçada sotuvçi, suvga sakraş böyiça Britaniya milliy jamoasi a'zosi bölgan, jangovar san'atlar bilan jiddiy şuğullanib, köça teatrini örgangan. 

Biroq, Steytem modellik biznesida uzoq vaqt qolmadi – uning iş beruvçisi (hamda bir vaqtning özida Gay Riçining «Qartalar, pullar, ikki töpponça» filmining sarmoyadori) rejissyorga salohiyatli yigitni körikdan ötkaziş taklifi bilan çiqdi. U tört nafar yoş jinoyatçidan birining obrazini yaratdi. Şundan söng Steytem Riçi bilan hamkorlikni davom ettirib («Katta pul» komediyasi), Hollivud studiyalaridan taklif oldi, «Taşuvçi»dagi boş roldan söng esa jangari janridagi «yangi» qahramonlardan biriga aylandi. 

Hozirgi kunga kelib u qirqdan ortiq filmda suratga tuşib ulgurdi, ular orasida «Taşuvçi»ning davomi, «Adrenalin»ning ikki qismi, «Forsaj»larning sönggi qismlari va Silvestr Stallonening «Töxtatib bölmaydiganlar»ning barça uç qismi bor. 26 iyul kuni esa Jyeyson Steytem 50 yoşga töldi.

«Mexanik: Tiriliş» (2016) filmidan kadr

«Qartalar, pullar, ikki töpponça» filmidan kadr (1998)

«Katta pul» filmidan kadr (2000)

«Taşuvçi» filmidan kadr (2002)

«Adrenalin» filmidan kadr (2006)