AQŞ przidenti Donald Tramp The Wall Street Journal naşriga bergan intervyusida bayonot berişiça, Apple kompaniyasi Amerikada uçta işlab çiqariş korxonalarini quriş majburiyatini olgan. 

Trampning sözlariga köra, Apple rahbari Tim Kuk "3 yirik, juda çiroyli korxona" qurişga va'da bergan. "Men aytdimki: Tim, sen mamlakatimizda korxonalaringni qurmas ekansan, mening ma'muriyatim iqtisodiy sohada muvaffaqiyatga erişdi, deya olmayman", — degan Tramp. Biroq prezident kompaniya AQŞda qaysi mahsulotni işlab çiqarmoqçi ekaniga oydinlik kiritmagan. 

Apple kompaniyasi vaziyatni izohlaşdan boş tortdi. 

Ötgan yil noyabr oyidagi prezidentlik saylovida ğalaba qozongan Trampning asosiy va'dalaridan biri Amerika hududida işlab çiqarişni tiklaşdir. Apple esa öz kompyuter, telefon va boşqa qurilmalarini asosan Xitoyda işlab çiqaradi. Işlab çiqarişni köçiriş ehtimoli bir neça sabablarga köra muammolidir. Xitoyda işçilar ança arzon, şu sababli AQŞda işlab çiqarilgan mahsulotlar sezilarli qimmatlaşadi. 

Bundan taşqari, Apple kompaniyasining Xitoydagi pudratçilari lozim bölganda 100 minglab kişilarni yollab, yana işdan böşatadi. Bu AQŞ mehnat qonunçiligida nazarda tutilmagan.