Samarqanddagi 7 ta oliy öquv yurtiga ajratilgan 7014 qabul örniga bu yil abituriyentlardan 63 mingta ariza kelib tuşgan. Bu ötgan yilgi körsatkiçdan 8,5 foizga köp degani. Bakalavriatning bir örniga 9 abituriyent da'vogarlik qilmoqda. Hujjat topşirişdagi eng katta ösiş Samarqand meditsina institutida ham kuzatilmoqda, bu yerga ötgan yilgidan 69 foizga köproq hujjat topşirilgan.

Bu va boşqa raqamlar Samarqanddagi Matbuot uyida oliy öquv yurtlari rektorlari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumani doirasida ma'lum qilindi.

«Bu uçraşuvdan köp narsa kutmoqdamiz, — dedi OAV vakillariga murojaat qilar ekan viloyat hokimi örinbosari Azamat Umarov. — Test sinovlari bu yil odatdagidan boşqaça ötadi. Bu haqda ota-onalar va abituriyentlarni ogohlantiriş kerak. Biz imtihonlarning butun jarayonida oçiqlik va şaffoflikka erişiş harakatidamiz».

Bu yil ötgan yillardagi amaliyotdan farqli ölaroq test sinovlari ötadigan har bir auditoriyada öşa oliy öquv yurtining vakili, şuningdek, çetdan bir nafar kuzatuvçi — umumta'lim maktabi, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining öqituvçisi iştirok etadi. Bu yangilik oliy öquv yurtlarining öz vakillari garçi ular keyinçalik öqişga kirgan abituriyentlarni öqitişsa-da, test imtihonlari topşiriş jarayonida iştirok etmasligidan noroziligi tufayli joriy etilmoqda.

A.Umarov sönggi vaqtlarda jamoatçilik örtasida qizğin muhokama etilgan muhim masalaning yeçimiga e'tibor qaratişni söradi. Bu yil test imtihonlari ötkaziladigan binolarga uyali telefonlar va boşqa aloqa vositalari, şuningdek, şpargalkalar olib kirişga uringan abituriyentlar imtihondan çetlatiladi. Bu Adliya vazirligi tomonidan röyxatga olingan, «Özbekiston Respublikasi oliy öquv yurtlarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilişda test sinovlarini ötkaziş haqidagi Nizom»ning 88-bandida belgilab qöyilgan. Garçi uşbu Nizom 2011 yilda qabul qilingan bölsa-da, uning 88-bandidan hanuzgaça foydalanilmayotgan edi.

Bu yil abituriyent test imtihonlari ötayotgan binoni soat 12 dan avval tark etişi mumkin emas. Bu yangilik ham «bilim ovlovçi» ayrim nopok insonlarning ayyorligiga çek qöyiş maqsadida joriy etilmoqda. Aniqlanişiça, ötgan yillarda kimdir oliy öquv yurtiga hujjat topşirib, imtihon kuni abituriyentlarning test savollarini suratga tuşirib, auditoriyani şu ondayoq tark etib, fotoapparat yoki telefon xotira kartasini uni kutib turganlarga topşirgan. Öşa «kimdir» test savollarini yeçib (yoki yeçtirib), töğri javob variantlarini auditoriyada kutayotgan abituriyentlarga yetkazib turgan.

«Ixtiroçi» abituriyentlarning hiylalaridan yana biri — poyafzal içiga yupqa uyali telefon joylaştirişdir. Bu yil har bir abiturentning poyafzali yeçilib, qattiq bolğa bilan poşnasiga urib köriladi.