Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 520-son qarori bilan Yoğ-moy mahsulotlarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat e'lon qilinganidan keyin 18 oydan söng amalga kiritiladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Texnik reglament talablari röyxat böyiça oziq-ovqat va nooziq-ovqat yoğ-moy mahsulotlari uçun majburiy hisoblanadi. Hujjat nosanoat işlab çiqariş jarayonida işlab çiqarilgan yoğ-moy mahsulotlariga tatbiq etilmaydi.

Yoğ-moy mahsulotlarining xavfsizligiga quyidagi talablar qöyiladi:

•  sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
•  işlab çiqariş jarayoniga talablar;
•  qadoqqa talablar;
•  saqlaşga talablar;
•  taşişga talablar;
•  muomalaga çiqarişga talablar.

Yoğ-moy mahsulotlarini identifikatsiyalaş va muvofiqligini baholaş, namunalarini tanlaş va sinovdan ötkaziş masalalari  alohida bob bilan tartibga solinadi.

Texnik reglament joriy qilingunga qadar Milliy sertifikatlaştiriş tizimi bilan örnatilgan qoidalar qöllaniladi. U kuçga kirgunga qadar olingan  sanitariya-epidemiologik xulosalar va muvofiqlik sertifikatlari ularda körsatilgan muddat mobaynida amal qilişda davom etadi.