Narxlarning şakllanişiga davlatning aralaşuvi va uni nazoratga olişi mamlakat farovonligi uçun ayançli oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqida maqola Kommersant.uz saytida e'lon qilindi.

Muallif haqida: Behzod Hoşimov — iqtisodçi, Medison (AQŞ)dagi Viskonsin universiteti biznes-maktabi doktoranti. 2016 yil mayidan Vaynart tadbirkorlik markazida tadqiqotçi bölib işlab kelmoqda. Viskonsin universiteti iqtisodiyot magistri, Singapurdagi Nanyang texnologik universiteti bakalavri darajasiga ega. AQŞ Federal Zaxira Tizimi tomonidan 2015 va 2016 yillarda monetar siyosat sohasida eng yaxşi takliflar tanlovida Viskonsin universiteti jamoasi vakili sifatida iştirok etgan.

Argentina — iqtisodiyot fani öqituvçilari uçun ham, tadqiqotçilar uçun ham sevimli misol. Bu mamlakat XX asr boşlarida jahonning eng boy davlatlari önligiga kirgan, hozirda esa yuzlikdan zörğa joy olgan — 90-örin. Barqaror iqtisodiy ösiş haqida gap ketganida, aynan Argentina misoli bizga «yomon holat» juda çözilişi mumkinligi, yorqin kelajak yoki rivojlanayotgan iqtisodiyotni rivojlangan iqtisodiyotga aylantiriş uçun heç qanday kafolat yöqligini yaqqol körsatib beradi. Siyosiy iqtisodiyot nuqtai nazaridan bu mamlakat bilan (yaqin-yaqingaça) nimalar röy bergani haqida uzoq hikoya qilib beriş mumkin. Siyosiy iqtisodiyot yoki iqtisodiy rivojlaniş borasidagi universitet kurslari Argentina masalasiga bir neça kunlik ma'ruzalar ajratadi, çunki bu mamlakatning ana şunday noordinar iqtisodiy (va siyosiy) tarixi bor.

Sönggi 100 yil içida Şvetsiya va Argentina YaIMining ösiş grafigi. Manba: republic.ru

Muvaffaqiyatsiz iqtisodiy siyosatidan taşqari Argentina bizga Janubiy Amerikaning madaniy markazi sifatida maşhur. XX asr adabiyotida Argentinaning roli XIX asr rus adabiyoti bilan bahslaşa oladi. Adabiyot va futboldan taşqari bu mamlakat göştni grilda tayyorlaş — asado an'analari bilan ham maşhur. Argentina har doim yuqori sifatli, oğizda eriydigan, mahalliy fermerlar va aholining faxri bölgan mol göşti bilan taniqli bölib kelgan. Yaxşilab qovurilgan ana şunday göşt bölagining dasturxonida bölişi — har bir argentinalikning deyarli tuğma huquqi. 90-yillarda bu mamlakat prezidenti Amerika naşrlaridan biriga intervyu bera turib hattoki şunday degan: «Agar muştariylaringiz vegetarian bölişsa, mening mamlakatimga qadam bosişmasin». Çorvaçilik va oşxona san'atining şuhratli an'analalari poyonsiz yaylovlarda qoramol yetiştirayotgan fermerlarni haqiqiy qahramonga aylantiradi, ular haqida önlab qöşiqlar va kinolar yaratilib, ularning mehnati va turmuşi madh etilgan.