Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida 1 avgust kuni ötkaziladigan test sinovlarida yangiliklar joriy etiladi.
Universitet saytida xabar qilinişiça, test sinovlari ötkaziladigan binoga kirişda abituriyentning mikrokalkulyator, luğat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va şpargalkalar olib kirişga harakat qilgani nazoratçilar tomonidan aniqlansa, öşa abituriyentga dalolatnoma tuzilib, u test sinovlariga kiritilmasdan, çetlaştiriladi.
TATU qabul komissiyasining ma'lumotiga köra, hozirda barça abituriyentlar nomiga maxsus ogohlantiriş xatlari tayyorlandi va ular DTM varaqasini olişga kelgan har bir abituriyentga taqdim etiladi.
Bu yil TATUga 1600 nafar talaba qabul qilinadi. Universitetga kiriş uçun 12 234 nafar abituriyent hujjat topşirgan.












