Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Titanik” yulduzlari aysberglarni qutqarishga bel bog‘lashdi
“Titanik” filmi yulduzlari Leonardo DiKaprio, Keyt Uinslet va Billi Zeyn muzliklarni qutqarish uchun qayta birlashishdi. Aktyorlarning birgalikda tushgan suratini Zeynning instagramida ko‘rish mumkin.
Fotosurat Leonardo DiCaprio Foundation tomonidan tashkil etilgan va iqlim o‘zgarishi muammolariga bag‘ishlangan xayriya tadbiri vaqtida olingan.
Eslatib o‘tamiz, “Titanik” filmi 1997 yilda taqdim etilgan bo‘lib, mashhur kemaning halokatga uchrashi haqida hikoya qiladi. Keyt Uinslet qahramonining qallig‘i rolini talqin qilgan.
“Endi biz aysberglarni qutqarmoqdamiz”, - deya hazil qilgan Zeyn yangi birgalikdagi suratga qoldirgan izohida.
Mavzuga oid
18:08 / 28.10.2025
Tojikistonda Ismoil Somoniy muzligining katta qismi uzildi
18:14 / 16.10.2025
«Titan» suvosti kemasi halokatining sababi ma’lum bo‘ldi
21:22 / 04.10.2025
Olimlar 40 ming yildan beri abadiy muzlikda bo‘lgan mikroblarni uyg‘otdi
12:56 / 23.09.2025