International Champions Cup turniri doirasida «PSJ» «Yuventus» bilan öynadi. Mayami şahridagi «Xard Rok» stadionida keçgan bahsda turinliklar sönggi daqiqada ğalabaga ega çiqdi.

45-daqiqada Gonsalo Iguain hisobni oçdi, 53-daqiqada parijliklarning yangi hujumçisi Gonsalu Guedeş javob golini urdi.

Italiyaliklarga Klaudio Markizioning gollari ğalaba keltirdi. U dastlab u 62-daqiqada öz jamoasini hisobda oldinga olib çiqqandi, ammo öyin tugaşiga 10 daqiqa qolganida Pastore hisobni tenglaştirdi. Bahs tugaşiga 1 daqiqa qolganida Markizio penaltini aniq amalga oşirib, yakuniy hisobni örnatdi.

Şu tariqa, parijlar turnedagi ikkinçi mağlubiyatini tan oldi, bungaça Unay Emeri şogirdlari penaltilar seriyasida «Roma»ga yutqazgandi. «Yuventus» 30 iyul kuni «Roma» bilan öynaydi.

International Champions Cup
«PSJ» – «Yuventus» 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 45 Iguain, 1:1 – 53 Gonsalu Gedeş, 1:2 – 62 Markizio, 2:2 – 80 Pastore, 2:3 – 89, penalti Markizio. 
«PSJ» – Areolya (Deskam, 61), Tiago Silva (Markinos, 46), Berçiçe (Kurzava, 46), Mene (Dani Alves, 46), Kimpembe, Matyuidi (Nkunku, 46), Motta (Kallegari, 46), Lukas Moura (Gonsalu Gedeş, 46), Verratti (Lo Çelso, 46), Di Mariya (Pastore, 61), Kavani (Xese, 46).
«Yuventus» – Buffon (Pinsolo, 65), Benatiya (De Şilo, 46), Aleks Sandro (Mandragora, 46), Lixtştayner (Asamoa, 46), Kellini (Bardzali, 46), Kuadrado (Sturaro, 46), Xedira (Pyaniç, 46), Bentankur (Rinkon, 46), Mandjukiç (Kin, 46), Dibala (Kaligara, 46), Iguain (Markizio, 46).
Ogohlantirişlar: Bentankur (23), Verratti (29), Dani Alves (60).