Zilola Sapayeva (ism-familiyalar özgartirilgan) muqaddam jinoyat sodir etgani uçun jazoga tortilgan. Biroq, bel oğritmay mömay daromad topiş iştiyoqi uning vijdonini şu qadar kör qilib qöydiki, heç qanday jazodan tap tortmasdan, qizlarni avrab, Turkiya davlatiga olib ketişda davom etdi. U hatto öz qarindoşlarini ham ayab ötirmadi. Uning u yerda qariyalar va gödaklarga enagalik qiliş, yaxşi haq tölanişi, bir yilda uy va maşina oliş imkoniyatiga ega böliş haqidagi yolğon bilan niqoblangan çiroyli va'dalari hali hayot aççiq-çuçugini tatib körmagan, oq-qorani ajrata olmaydigan qizlarni öziga maftun qilaverdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Xorijga çiqayotgan qizlar nima sababdan Xorazm viloyati IIB xorijga çiqiş-keliş va fuqarolik bölimidan çet elga çiqiş uçun maxsus ruxsatnoma rasmiylaştirmagani, nima sababdan Toşkent şahridan emas, Qozoğiston orqali Turkiyaga ketişayotgani haqida ham öylab körişmadi. Ularga öz huquqlarini va qonunlarni yaxşi bilmasliklari pand berdi. Turkiyaga borgaç, Zilola qizlarni Nigora ismli ayolga topşirib, kelişilgan pulni oldi-yu, ortiga qaytdi. Fuqarolik pasportini Nigoraga öz qöllari bilan bergan qizlar bu yerda unga har tomonlama qaram bölib, fohişalik bilan şuğullanişga majbur böldilar.

Zilola esa yana Qozoğiston orqali mamlakatimizga qaytib keldi. Öz izlarini yöqotiş uçun göyoki Qozoğistonda pasportini “yöqotib” qöydi.

U sotib yuborgan qizlar ne azoblar bilan mamlakatimizga qaytib kelib, haq-huquqlarini talab qilib, qonun himoyaçilariga murojaat qildilar. Sud hukmi bilan Z.Sapayeva tegişli jazoga tortildi.