BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Özbekiston Respublika Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi. Maktub matni ÖzA’da taqdim etilgan.

“Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari! 

Siz bilan uçraşiş men uçun katta şaraf böldi. Sizga, Özbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga yaqinda mamlakatingizga taşrifim çoğida körsatilgan yuksak mehmondöstlik va samimiy qabul uçun çin dildan minnatdorlik izhor etaman. 

Uçraşuvimizda Siz bayon qilgan va Sizning taşabbusingiz bilan işlab çiqilgan 2017-2021 yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasi asosida Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça dasturingiz menda katta taassurot qoldirdi. Mazkur hujjat BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari va 2030 yilgaça barqaror rivojlaniş dasturi bilan hamohang bölib, Özbekiston va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun asos sifatida xizmat qilişi mumkin. Sizning qöşni davlatlar bilan hamkorlikni faollaştiriş borasidagi sa'y-harakatlaringizni töla qöllab-quvvatlayman. BMT Sizning hukumatingizni umumiy maqsadlarimizga, jumladan, Barqaror taraqqiyot maqsadlarni amalga oşiriş, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş va preventiv diplomatiyani rivojlantiriş borasidagi maqsadlarga erişiş uçun qöllab-quvvatlaşga tayyor. 

Siz va hukumatingizga BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazini töla qöllab-quvvatlayotganingiz va hamkorlik qilayotganingiz uçun samimiy minnatdorlik izhor etaman. 

Markaziy Osiyoga taşrifimning asosiy maqsadlaridan biri bölgan Nukus va Möynoqqa borişimga kömaklaşganingiz uçun alohida taşakkur bildiraman. Orol dengizi tezlik bilan qurib borayotgani meni qattiq taşvişga soldi va bu falokatdan aziyat çekayotgan aholi bilan uçraşuvdan ğoyat ta'sirlandim. Işontirib aytamanki, BMT Sizning uşbu fojia oqibatlarini bartaraf etiş yölidagi sa'y-harakatlaringizni bundan buyon ham qöllab-quvvatlaşga tayyor. 

Hukumatingiz taşrifim davomida keng logistik yordam körsatgani safarim muvaffaqiyatli ötişida muhim rol öynadi. Buning uçun ham minnatdorlik izhor etaman. 

Buyuk ipak yölining durdonalaridan bölgan gözal Samarqandni yana bir bor körganimdan behad xursandman. Madaniyatlar çorrahasida joylaşgan bu şaharning köp asrlik tarixi va serqirra madaniyati bugun ham butun dunyo uçun namuna bölib qolmoqda.