Özbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi raisi özgardi. Bu haqda qömita matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.

Islomov 1984 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, 2007 yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Ma'dan va noma'dan foydali qazilmalar geologiyasi va qidirib çamalaş böyiça magistr.

U 2002 yildan 2008 yilgaça «Apartak» toğ-ma'dan OAJda, «Regional geologiya» OAJda texnik, texnik-geolog vazifalarida işlagan, 2008 yildan 2010 yil avgustiga qadar «Nodir va rangli metallar geologiyasi» DKda ikkinçi toifali geolog, yetakçi geolog, nodir va rangli metallar geologiyasi bölimi boşliği lavozimlarida işlagan. 2010—2015 yillarda — «Davgeologaxborot» DK direktori, 2015—2016 yillarda —  Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti direktori sifatida faoliyat körsatgan. U şu kunga qadar qömita raisi birinçi örinbosari edi.

Bobur Islomov yangi lavozimda 2010 yildan buyon qömitaga rahbarlik qilib kelgan Ilhomboy Töramurodov örnini egalladi.