Özbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi «Zarmitan geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi»ning 350 nafar xodimi oylik maoşi saqlanmagan holda ta'tilga çiqarilgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qömita xabariga köra, 8 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qöşrabot tumani Zarmitan qörğonida joylaşgan «Samarqandgeologiya» Davlat unitar korxonasiga qaraşli «Zarmitan geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi»ning 350 nafar xodimi oylik maoşi saqlanmagan holda ta'tilga çiqarilgani aytilgan videomurojaat e'lon qilingan.
«Videomurojaatda keltirilgan holatlarning qançalik haqiqatga yaqinligiga oydinlik kiritiş maqsadida Davlat geologiya qömitasi tomonidan maxsus Işçi guruh tuzildi va dastlabki örganiş işlari olib borildi. Örganiş yakunlariga köra videomurojaatda tilga olingan holat haqiqatga töğri kelmasligi aniqlandi.
Videomurojaat muallifi Habiba Toşboyevna «Zarmitan geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi»ning işçi xodimi emas, ayni paytda Turkiya davlatida istiqomat qilayotgani aniqlandi.
8 oktabr kuni «Samarqandgeologiya» Davlat unitar korxonasi rahbariyati, Qöşrabot tuman adliya bölimi boş mutaxassisi J.Qarşiyev, Qöşrabot tuman bandlikka kömaklaşiş markazi yordamçi huquq inspektori X.Hamroyev, Qöşrabot tumani hokimiyati axborot xizmati rahbari B.Mamadiyorov zudlik bilan masalani joyida örganiş maqsadida korxona jamoasi bilan videomurojaatda körsatilgan masala böyiça uçraşuv ötkazdi.
Zarmitan dala geologiya qidiruv ekpeditsiyasi «Samarqandgeologiya» davlat unitar korxonasi tasarrufida faoliyat olib boradi. Taşkilotda jami 358 nafar işçi xodim mehnat qiladi. Geologiya qidiruv işlari har yili tasdiqlanadigan davlat dasturi asosida olib boriladi. 2019 yil 1 oktabr holatida Zarmitan dala-geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga belgilangan burğilaş işlarining yillik hajmi töliq bajarib bölingan. Şu jihatdan ta'kidlab ötiş joizki, ayrim geologiya-qidiruv obektlari iqlim hamda toğ-geologik şaroiti murakkabligidan kelib çiqib mavsumiy xarakterga ega. Uşbu obektlarda olib borilgan işlar asosida yakuniy hisobotlar tuzilib davlat zaxiralari komissiyasiga taqdim etişga tayyorlanmoqda. Şu sababli, yuqorida körsatilgan burğilaş işlarini yakunlagan brigada a'zolariga va yordamçi sex işçi xodimlariga (jami 85 nafar) özlarining taşabbuslari bilan arizalari asosida maoşsiz ta'til berilgan. Qolgan 273 nafar işçi xodim mehnat faoliyatlarini davom ettirmoqda», deyiladi qömita xabarida.
















