Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xosep Bartomeu: «Barselona» akademiyasidan «yangi messi va xavilar» chiqmayotganiga ularning o‘zlari aybdor»
«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu sobiq yarimhimoyachi Xavining kataloniyaliklar asosiy tarkibida klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari ko‘p emasligi haqida gapirganiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Xavi «Barselona» asosiy tarkibida akademiyaning ko‘p vakillari xuddi Messi, Xavi va Inestadek qo‘shilib keta olmayotganini tanqid qildi? Muammo shundaki, aynan Xavi, keyin Inesta va Messi va boshqa futbolchilar bunga to‘sqinlik qilgan. Messi, Neymar, Xavi, Inesta, Buskets yoki Pike kabi futbolchilar o‘ynayotgan jamoaning asosiy tarkibiga kirish oson emas.
Xavi 15 yil davomida asosiy tarkibda o‘ynadi. Demak, bu davr mobaynida yoshlar tarkibining 15 futbolchisi jamoani tark etishi kerak edi. Muammoni Xavi va uning do‘stlari vujudga keltirdi» - deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi The New York Times.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026