Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Ibodat tepaligidagi Al-Aqso masjidini himoya qiliş uçun öz lavozimini taşlab ketişga tayyorligini ma'lum qildi.
«Men öz lavozimni topşiriş va musulmonlar uçun muqaddas sanalgan bu masjid xavfsizligini ta'minlaş tizimida xizmat qilişga tayyorman. Köngilli sifatida qolgan umrimni Al-Aqso masjidini qöriqlaşga bağişlaşga tayyorman», — deya yozgan Qodirov Telegram kanalida.
Ötgan hafta uç jangari Ibodat tepaligida ikki politsiyaçini öldirib ketgani bu hududda xavfsizlik çoralari kuçaytirilişiga sabab böldi. Jumladan, Ibodat tepaligiga çiqiş uçun metall aniqlovçi romlardan ötiş talab etiladi. Bundan taşqari, ellik yoşga tölmagan musulmonlarga Al-Aqsoda namoz öqiş taqiqlandi.
Bu çoralar mahalliy musulmonlar orasida keskin noroziliklarga sabab böldi. Ular namoyişlar uyuştirdi, şuningdek, politsiya bilan töqnaşuvlarga kirişdi
25 iyul kuni Isroil harbiy-siyosiy kabineti metall detektorlar va videokameralarni olib taşlaşga qaror qildi.












