Qozoğiston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev internetda maşhur bölib ketgan, aktyor Nikolas Keyj egnidagi kabi çoponni vazirlikning barça mehmonlariga sovğa qilişga va'da berdi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan naşri xabar bermoqda.
"Bu, fikrimça, xalqimizning genial, gözal udumidir, u aktyor yuz ifodasi tufayli memga aylandi", deb aytgan Abayev matbuot-anjumanda.
Çopon Markaziy Osiyoning bir qator davlatlarida milliy kiyim hisoblanadi.

Keyjning Ostonadagi "Yevraziya" kinofestivaliga taşrifi uni yangi mem qahramoniga aylantirdi. Internet foydalanuvçilari Keyj qayğuli qiyofada taniqli skripkaçi va Qozoğiston san'at milliy universiteti rektori Ayman Musaxojayeva bilan birgalikda tuşgan surati ustidan hazil-mutoyiba qilganlar.














