Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindistonning Gujarat ştatida röy bergan suv toşqinlari oqibatida köplab insonlar halok bölgani va aholi örtasida uy-joyidan ajraganlar, jiddiy talofat körganlar borligi munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovindga samimiy hamdardlik izhor etdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat rahbari maktubda Hindiston Prezidenti va butun Hindiston xalqiga çuqur ta'ziya bildirdi. Oila a'zolari va yaqinlaridan judo bölgan insonlarga samimiy hamdardlik sözlarini yetkazib qöyişni söradi.