Bugun davlat rahbari Ş.Mirziyoyevning Farmoniga köra, Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha ilmiy rahbari Anis Lyutfullayeviç Alyavi “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Anis Alyaviga uşbu unvon mamlakat soğliqni saqlaş tizimidagi köp yillik samarali va fidokorona mehnati, Özbekistonda tibbiyot sohasini rivojlantiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş işlariga qöşgan munosib hissasi, sohaga oid islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, zamonaviy davolaş usullarini amaliyotga keng joriy etiş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaş borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdim etildi.  

Anis Lyutfullayeviç Alyavi — taniqli fan arbobi, terapevt, kardiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, Özbekiston terapevtlar assotsiatsiyasining raisi. U yuqori malakali klinitsist, iqtidorli olim, iste'dodli pedagog va mohir taşkilotçi sifatida terapiya va kardiologiya sohasining mamlakatimizdagi rivoji uçun munosib hissa qöşib kelmoqda. Uning rahbarligida 22 nafar fan doktori, 52 nafar fan nomzodi yetişib çiqqan.

Professor A.Alyavi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida bölim xodimlari bilan birgalikda ötkir miokard infarktini taşxislaş, davolaş yöllarini takomillaştiriş böyiça koronaroangiografiya va agioplastika usullarini keng yölga qöygan. 

— Bugun hayotimda eng quvonçli, eng hayajonli kun, — deydi Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha ilmiy rahbari Anis Alyavi. — Men va men orqali barça tibbiyot xodimlariga bölgan yuksak e'tibori, beqiyos extiromi uçun, avvalo, davlatimiz rahbariga rahmat aytmoqçiman. Yurtimiz şifokorlari nomidan tibbiyot sohasi rivojiga, qolaversa, xalqimiz salomatligini mustahkamlaş yölidagi kamtarona mehnatimizga katta baho berib, doimiy ğamxörlik körsatib kelayotganingiz uçun samimiy minnatdorçiligimni bildiraman. Bu juda nufuzli unvon. Uni nafaqat menga, butun yurtimiz şifokorlarining mehnatiga berilgan mukofot, deb bilaman.