Illyustrativ foto

Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşirişda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi bir oy muddatda: 

öquv-metodik va moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliy ta'lim muassasalaridan uzoqda joylaşgan, ta'lim sifati va bitiruvçilarining oliy ta'lim muassasalariga kiriş körsatkiçlari past bölgan akademik litseylarni tugatiş, akademik litseylarni faqat yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga ega oliy ta'lim muassasalari tarkibida bittadan qoldiriş; 

öz faoliyatini davom ettiradigan akademik litseylarga umumta'lim maktablarini bitirgan eng bilimli, qobiliyatli yoşlarni qabul qiliş mexanizmini işlab çiqiş va 2018/2019 öquv yilidan joriy qiliş; 

akademik litseylarda öqitiş sifatini tubdan özgartiriş, bitiruvçilarning oliy ta'lim muassasalariga kiriş körsatkiçlarini keskin oşiriş, bunda oliy ta'lim muassasalari rektorlarining şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş böyiça taklif tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar tayanç oliy ta'lim muassasalari huzuridagi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş kurslarida dars beradigan pedagoglar, jalb etilgan mutaxassislarning faoliyatini tahlil qiliş asosida samarali dars berayotgan professor-öqituvçilar, mutaxassislarni rağbatlantiriş mexanizmini işlab çiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi. 

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar Özbekiston yoşlar ittifoqi, Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi bilan birgalikda: 

professor-öqituvçilar tomonidan talabalar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy işlarni har bir muayyan talaba bilan olib boriş, ularda mafkuraviy immunitetni oşirişning ta'sirçan çoralarini köriş yuzasidan uslubiy asoslarni yaratadi;