Sönggi vaqtlarda Özbekistonning barça sohalarida tub özgarişlar amalga oşayotgani sir emas. Davlat rahbari boşçiligida boşlangan bu islohotlar zamirida davlatni yanada kuçli va qudratli qiliş manfaati yotadi. Buning uçun tabiiyki, har bir sohada yetuk kadrlar, öz sohasining bilimdonlari talab etiladi. Şu bois oliy öquv yurtlariga imtihon topşiriş jarayonlari ham islohotlar bilan hamohang tarzda özgarmoqda. Kun.uz Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari, Toşkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlari nomzodi Yesemurat Kanyazov bilan Toşkent davlat yuridik universitetiga imtihon topşiriş jarayoni va uning şaffofligi yuzasidan suhbat uyuştirdi.
“Bu yil Toşkent davlat yuridik universiteti uçun juda katta voqea yuz berişi kutilmoqda. Biz universitet imtihon jarayoniga yangi bir tizim qöllayapmiz. Ilgari universitetga kiriş imtihonlari maktablarda, bitta auditoriyada ötkazilar edi. Bu xonalarda 30 kişigaça odam ötirardi. Bunday holatda öziga xos kamçiliklar közga taşlanardi, şaffoflikni ta'minlaşga ança qiyinçiliklarga uçralar edi. Bundan taşqari, imkoniyatlarimiz çeklangani uçun bitta partada ikkita abituriyent ötirardi. Bu esa, öz navbatida, har-xil qonun buziş, köçirmakaşlik singari holatlarning kelib çiqişiga sababçi bölardi”, - dedi Yesemurat Kanyazov.

Rektorning ta'kidlaşiça, bu yil yuridik universitetga kiriş imtihonlari “Özekspomarkaz”ning törtta pavilonida bölib ötadi. Har bir pavilon 1000 nafardan 1500 nafarga yaqin abituriyentga möljallangan.
“Bunday pavilonlarda imtihon oliş jarayonida heç qanday qonun buzilişiga imkon qolmaydi. Bundan taşqari, uşbu pavilonlarda kameralar örnatilgan bölib, internet orqali mazkur imtihonlarni onlayn kuzatib boriş imkoniyati taqdim etiladi. Imtihonlarni televidiniye orqali ham efirga uzatiş ham rejalaştirilgan. Ota-onalar imtihon jarayonini “Özekspomarkaz”da örnatilgan katta monitorda yoki uydami, istalgan joydami internet yoki televidiniye orqali ham kuzatişlari mumkin böladi”, dedi Yesemurat Kanyazov.

Suhbatdoşimiz bergan ma'lumotga köra, yuridik universitetga kiriş imtihonlarini kuzatiş uçun prokuratura organi xodimlari ham jalb etilgan.
Rektorning bizga ma'lum qilişiça, imtihonga telefon, şpargalka va boşqa noqonuniy buyumlar olib kirgan abituriyentlar guvohlar yordamida dalolatnoma tuzilib, imtihondan çiqarib yuboriladi. Bu aniq bölgan holat. Şu bois abituriyentlarni ogohlantiriş maqsadida turli bannerlar osib qöyiladi va imtihonga kiriş oldidan ham har bir abituriyentga ana şunday ogohlantirişlar yozilgan blankalar taqdim etiladi.











