Buxoro şahar IIBga, Peşko‘ tumanida yaşovçi fuqarolar S.Rahmonova hamda M.Hidoyatovalar ariza orqali murojaat qilişib, noma'lum şaxs ular davolanib turgan Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseridagi xonadan S.Rahmonovaga tegişli bölgan 350.000 söm naqd pullari, içida 1.864.000 söm puli bölgan “Agrobank” plastik kartoçkasini, M.Xidoyatovaga tegişli bölgan 100.000 söm naqd pulni yaşirin ravişda olib, jabrlanuvçilarga moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yaşiringanligini bildirişgan.
Şuningdek, Rossiya Federatsiyasida tuğilgan, millati ukrain S.Petroviç ariza orqali murojaat qilib, noma'lum şaxs, u davolanib turgan “Moxi-xossa” sanatoriyasining 421-xonasiga kalit tanlaş yöli orqali ğayriqonuniy ravişda kirib, mazkur xonadan unga tegişli bölgan 500.000 söm va 500 Rossiya rublini yaşirin ravişda öğirlab ketganligini bildirgan.
Uşbu holatlar yuzasidan içki işlar idoralari xodimlari tomonidan tezkor suruştiruv tadbirlar amalga oşirilmoqda.










