Germaniyaning Sono Motors startapi özining ilk işlanmasini taqdim etdi. Sion deb nomlangan maşina tomiga quyoş batareyalari örnatilgan. Kompaniya bunday elektrokarni 16 ming yevrodan sotişni rejalaştirgan.
Avtomobil tomida 330 ta fotoelektr elementiga ega qöyoş paneli örnatilgan. Ular yomon ob-havo şaroitlarining salbiy ta'siri va buzilişlardan polikarbonat qoplama bilan himoyalangan. Umuman, quyoş batareyalari maşinani 30 kmgaça quvvat bilan ta'minlay oladi.

U ikki turdagi 14,4 va 30 kVt*soat hajmli akkumulyatorlar bilan tavsiya etiladi. Sono Sion birinçi tudagi batareya bilan 80 kmga yaqin masofani ortda qoldirsa, ikkinçisida 190 kmga yetadi.
Tez quvvatlaş tizimi vositasida batareyalarni 40 daqiqada 80 foizga töldiriş mumkin. Kompaniyada ta'kidlaşlariça, yaxşi havo şaroitida akkumulyatorlarni 8 soatda töliq quyoş paneli vositasida qayta quvvatlaş mumkin böladi.

Kompaniya loyihani işga tuşiriş uçun kraudfanding yöli bilan 200 ming yevroga yaqin mablağ töpladi. Hozirda Sono Motors maşinaga buyurtmalar qabul qila boşladi. Firma maşinani seriyali işlab çiqarişi uçun 5 ming dona elektrokarga buyurtma qabul qilişi kerak. Bu holda buyurtmaçilar maşinalarini 2019 yilda olişadi.













