Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi KXDRning ballistik raketa sinovidan söng, undan kelib çiqadigan tahdidlarga javob tariqasida çoralarni tayyorlaydi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qilmoqda. 

"Şimoliy Koreya tahdidlariga xalqaro javob çoralari bilan bir vaqtda biz qisqa muddat içida öz çoralarimizni işlab çiqamiz", - deya vazirlik bayonotini keltiradi agentlik. 

Avvalroq, Pxenyan şimoliy Çagando viloyatidan ballistik raketa sinovini amalga oşirgan edi. KMTA ma'lumotlariga köra, u 998 km masofaga uçib, 3725 km balandlikka kötarilgan edi. Amerika Qöşma Ştatlari va Janubiy Koreya KXDR sinovlariga javoban ballistik raketalarning öquv parvozlarini amalga oşirdi.