Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jingpin Xitoy xalq-ozodlik armiyasi taşkil etilganiga 90 yil tölişi munosabati bilan ötkazilgan harbiy parad vaqtida nutq sözladi. U öz çiqişida mamlakat ayni vaqtda har doimgidan köproq armiya kuçiga muhtojligi haqida gapirgan.
Davlat rahbari tinç hayot har qanday xalq uçun mukofot ekanini tinçlikni saqlaş esa xalq armiyasi vazifasi ekanini aytgan.
«Bugun biz xitoy xalqining qayta uyğonişi yölidagi maqsadimizga yetişga yaqinmiz. Şu tufayli biz tariximizdagi eng kuçli armiyani tuzişimiz kerak», degan u.
Xitoy rahbari şuningdek, armiya mamlakatni va xalqni himoya qila olişi, xavfsizlikni ta'minlab, taraqqiyotni kafolatlaşini qöşimça qilgan.
U harbiylarning jangovar tayyorgarligini yanada yaxşilaş hamda qurolli kuçlarni modernizatsiya qilişni davom ettirişga çaqirgan.
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi 1927 yil 1 avgustida taşkil etilgan. 2015 yil sentabrida Si Jingpin Xitoy 2017 yil oxiriga qadar mamlakat armiyasi harbiylari soni 300 mingga qisqarişini ma'lum qilgandi. Şunga qaramasdan hozirda Xitoy armiyasi dunyodagi eng yirik armiya hisoblanadi, uning tarkibida 2 million harbiy xizmatçi bor.












